Eslatib oʻtamiz, 15-mart kuni soat 13:18 da Botir Zokirov koʻchasida joylashgan mazkur markazning 3-qavatida yongʻin sodir boʻlgandi. Qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 13:19 da yetib borgan va yongʻin soat 13:28 da bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, savdo-koʻngilochar markazi binosi hozirga qadar foydalanishga topshirilmagan. Shuningdek, yongʻin bolalar oʻyingohida emas, balki taʼmirlash ishlari olib borilayotgan xonalardan birida sodir boʻlgan.