Parvarishdagi joʻjalar 35 kunda 2 kilogramm tosh bosadi

    Biznes 6 Oktabr 2020 1380

    Amudaryo tumanidagi “Qoraqalpoq mahsulotlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati parrandachilikka ixtisoslashgan.

    15 nafar ishchi mehnat qilayotgan xoʻjalikda parrandalar parvarishi, ularni oziqlantirish avtomatik uskunalar yordamida amalga oshiriladi.

    –Oʻtgan 2019-yilda «Agrobank» tomonidan ajratilgan 1 milliard 200 million soʻmlik kredit hisobidan parrandachilik xoʻjaligimizni yana-da kengaytirdik, - deydi korxona rahbari Erkin Rasulov.

    – Ayni paytda Toshkent va Samarqand shahridan 18 ming donaga yaqin joʻja keltirganmiz. Ushbu joʻjalar 30-35 kun davomida parvarishlangach, ularning har biri 1,6-2 kilogrammgacha tosh bosadi.

    Yaqin kunlarda parvarishdagi parrandalar sonini 60 mingtaga yetkazish hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etish rejalashtirilgan.