Quyidagilar kooperasiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kooperasiya a’zolari tomonidan paxta yetishtirish uchun zarur texnika, uskuna, transportdan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
kooperasiya va ularning a’zolari o‘rtasidagi shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it, urug‘lik, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan ta’minlash;
kooperasiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari o‘tkazish;
kooperasiya a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish.