Paxta terim mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 21 nafar mansabdor shaxslarga ma'muriy jarima tayinlandi

    Bu haqda AOKAda o'tkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspektsiyasi bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyazmetova ma'lum qildi.

    Uning taʼkidlashicha, Davlat mehnat inspeksiyasining tajribali xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhlar hududlarda bugungi kunga qadar 10735 ta monitoring tadbirlari oʻtkazdi.

    Shu bilan birga, Davlat mehnat inspeksiyasiga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 64 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan, call markaz orqali - 40 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali - 23 ta hamda 1ta yozma murojaatlar kelib tushgan.

    Oʻtkazilgan monitoringlar va murojaatlarni oʻrganish natijasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 21 nafar mansabdor shaxslarga maʼmuriy jarima tayinlandi. Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 65ta holat yuzasidan yozma koʻrsatmalar kiritildi.