«Bugungi kunda pensiya na nafaqa oluvchilarga viloyatlarda 300, Toshkent shahrida 400 ming soʻmdan bir martalik yordam pullari tarqatish boshlangan.
Bugungi kunga qadar respublika boʻyicha pul oluvchilarning 65 foiziga tarqatib berildi. Ikki haftalik muddat ichida barcha mablagʻlar toʻliq egalariga yetkaziladi.
Bundan tashqari, kam taʼminlangan oilalar reyestriga kiritilgan, 18 yoshga toʻlmagan 4 miliondan ortiq bolalarga 200 ming soʻmdan nafaqa beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar kuni munosabati bilan pul tarqatilyapti” degan gap-soʻzlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar mutlaqo yolgʻon, pullar Prezident qarorida belgilangan fuqarolargagina tarqatiladi».