Malayziyaga rasmiy tashrif yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Kuala-Lumpur shahridagi ishbilarmonlik dasturining davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim «Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi - "Twin Towers" binosiga tashrif buyurib, kompaniya prezidenti Muhammad Tavfiq bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Rasmiy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Kuala-Lumpur shahrida qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar.