Ochilish marosimida tuman hokimi, mutassadi tashkilot vakillari hamda mahalliy aholi ishtirok etdi.
Jumladan, tumaning “Qoraqalpoq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “Bunyodkor Izzatillo Soxtiman” MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan 2 milliard 839 million soʻm evaziga taʼmirlandi. Tashkilot binosi 1970-yilda qurilgan boʻlib, foydalanishga topshirilganda 90 oʻringa moʻlljalangan edi. Qayta tamirlov natijasida endilikda bu bogʻchada 120 nafar bolalar tarbiyalanadi.
Shu bilan birga, tumandagi “Bobohoji” MFY hududida joylashgan 32-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “Asadbek Shuxrat Bunyodkor” ITK X/K pudrat tashkiloti tomonidan 2 milliard 749 millionn soʻm mablagʻ evaziga taʼmirlandi. Tashkilot oʻtgan asrning 70-yillarida foydalanishga topshirilganida 90 oʻringa moʻlljalangan boʻlib, endlikda taʼmirlash hisobidan taʼlim tashkilotida 120 nafar bola tarbiyalanadi.
Maʼlumot oʻrnida shuni aytish joizki, tumanda 40 ta davlat, 52 ta oilaviy, 3 ta davlat-xususiy sherikchiligi hamda 1 xususiy shakldagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Hududda maktabgacha taʼlim yoshidagi yaʼni 3-7 yoshdagi bolalar soni 10413 nafarni tashkil etib, bugungi kunda 5933 nafar yoki 57 foiz bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olingan.
Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi Axborot xizmati