2 yoshdan 4 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun sinov tadqiqotlarida olingan zaif himoya natijalari, vaksinani tasdiqlashni kechiktirdi.

Pfizer rasmiysi Mikayel Dolsten investorlarga taqdimotida, koronavirus pandemiyasi dunyoning baʼzi qismlarida hozirgi vaziyatda boʻlgani kabi yana bir yoki ikki yil davom etishini kutishlarini, boshqa mamlakatlarda esa pandemiyaning “endemik” holatga oʻtishini tamin qilinayotganini maʼlum qildi.

BioNTech bilan birgalikda COVID-19 vaksinasini ishlab chiqargan Pfizer, 2024-yilga kelib pandemiya global miqyosda endemik darajaga yetishini bashorat qildi:

“Buning aniq qachon va qanday sodir boʻlishi kasallikning rivojlanishi, jamiyat emlashni qanchalik samarali amalga oshirayotgani va emlash darajasi past boʻlgan joylarga vaksinaning adolatli taqsimlanishiga bogʻliq boʻladi. Yangi shtammlarning paydo boʻlishi pandemiya jarayoniga ham taʼsir qilishi mumkin”.

Pfizerʻning pandemiya yana bir yoki ikki yil davom etishi haqidagi bayonoti, Yevropaning koʻplab mamlakatlari Omikron shtammi tufayli yangi toʻlqinga duch kelgan va uni oldini olish choralari koʻrilayotgan bir paytga toʻgʻri keldi.