Qayd etilishicha, “Omikron” shtammi vaksinalarga nisbatan chidamliroq, lekin Pfizer-BioNTech vaksinasini qabul qilganlarda kasallik kamroq aniqlanmoqda.
The Washington Post nashrining yozishicha, ushbu tadqiqot Janubiy Afrikadagi eng yirik sugʻurta kompaniyasi hisoblanmish Discovery Health kompaniyasi tomonidan olib borilgan. Shu bilan birga, u avvalgi variantlarga qaraganda kamroq ogʻir kasallikka olib keladi.
Tadqiqotda 211 000 ta ijobiy COVID-19 holatlari qayd etilgan va kattalar uchun kasalxonaga yotish xavfi mart oyidagi dastlabki toʻlqinga qaraganda 29% kamroq ekanligini aniqlangan.
Tadqiqotning xulosalariga koʻra, ushbu vaksina infeksiyadan 33% himoya qiladi, bu koʻrsatkich kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan jiddiy kasallikdan 70% ga samara bergan.