Xorazm viloyatining Bogʼot tumani pilla qabul qilish maskanlarida bahorgi mavsumda yetishtirilgan pilla hosilini qabul qilish ishlari boshlab yuborildi.
Pilla qabul jarayonlarida tumani hokimi Shavkat Yaxshiboyev hamda Viloyat pillachilik va jun sanoatini rivojlantirish boshqarma boshligʼi Rashidbek Аbdullayev qatnashib, kasanachilar, fermerlar, shuningdek, jamoatchilik faollari bilan uchrashib, ularga qimmatbaho sovgʼalar ulashdi.