Pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

    1 dona “Volk” va 1 dona “S Novım Godom-8” nomli pirotexnika vositasini xaridor B.S.ga 650 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar X.X. va Z.X. 1 dona “Volk” va 1 dona “S Novım Godom-8” nomli pirotexnika vositasini xaridor B.S.ga 650 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, X.X.ning Sergeli tumani, Sergeli-7 mavzesidagi xonadoni koʻzdan kechirilganda, ushbu xonadonda jami 65 dona xorijda ishlab chiqarilgan 26,3 mln soʻmlik pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.