Buxoroda shifo topganlarning 4 nafari ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 14 yosh.

Buxoroda shu paytga qadar 372 nafar bemor sog‘aygan.

Samarqandda tuzalganlarning 3 nafari (7 yoshli, 31 yoshli hamda 78 yoshli) ham erkak bo‘lib, ushbu viloyatning Toyloq tumanidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Samarqandda hozirga qadar 37 nafar bemor sog‘aygan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, jami 9 nafar bemorlar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari esa Surxondaryo viloyatidan. Ularning 3 nafari Rossiyadan charter reysda yurtimizga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 2 nafari (73 yoshli hamda 40 yoshli ayollar) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari (29 yoshli erkak) esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasidan yurtimizga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 468 nafar bemor sog‘ayib chiqdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1 556 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.