«Koronavirus, birinchi navbatda, nafas yo'llariga — burun va tomoq yo'llariga tushib, o'sha joyda joylashgan qoplovchi epiteliyga kirib, ko'payadi va kasallikni boshlab beradi. Shuning uchun ham PZR analizlari uchun burun va tomoqning chuqur joyidan tahlil olib tekshirilmoqda.

Bu virus boshlang'ich davrida burunni kasallantirsa, keyin undan ko'payib, nafas yo'llaridan o'pkaga tushishi mumkin. Lekin biz o'pkadan tashxis ololmaymiz-ku, unaqa usulning o'zi yo'q.

Virus o'pkaga tushgandan keyin pnevmoniya kasalligini qo'zg'atyapti. Bu kasallikning hozirgi kunda ko'payib ketishi, bir tomondan, koronavirusga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, virus ta'sirida o'pka kasalliklarining avj olishi oqibatida pnevmoniya sabab vafot etganlar soni COVID-19 natijasida hayotdan ko'z yumgan kishilardan ko'payib ketdi. Shuning uchun ham o'pka kasallanganda PZR testidan o'tmaslik oqibatida pnevmoniyadan o'lim soni ko'paydi».