“Ushbu bezak bu yerda yashagan odamlarning gʻayrioddiy ijodkorligi, shuningdek, mehnat qurollarini boshqarish qobiliyatidan darak beradi. Taqinchoqning qalinligi atigi 3,7 mm. Undagi oʻyilgan yuzalar va chizilgan naqshlar ajoyib epchillikdan dalolat beradi», deb yozadi maqola mualliflaridan biri, Vroslav universiteti tadqiqotchisi Violetta Novachevska.
Qayd etilishicha, bu artefaktlar Yevropadagi ilk kromanyonlar tomonidan yaratilgan. Neandertallar oʻsha vaqtga kelib yoʻq boʻlib ketgan.
Olimlar koʻproq eʼtiborni zanjirli taqinchoqqa qaratishdi. U qalinligi 3,7 mm, uzunligi va kengligi bir necha santimetr boʻlgan ingichka suyak plastinkasiga oʻxshaydi. Taqinchoq doiralar va chiziqli naqshlar bilan qoplangan.