Maʼlum boʻlishicha, ayollarning kanoesi suvda agʻdarilib ketgan ekan. Algarvada dam olayotgan Prezident Prayya-du-Alvor plyajida jurnalistlar bilan suhbatlashib turgan vaqtida bir necha oʻn metr narida dengizda ayollarning choʻkayotganini koʻrib qolgan.
71 yoshli Rebelo de Souza, oʻtmishda yaxshi suzuvchi, zudlik bilan suvga sakragan va ayollarga yordam berish maqsadida ular tomonga suzib ketgan. Ayollar qutqaruv jiletida boʻlishiga qaramay, oʻzlarini yoʻqotib qoʻygan. Sergʻayrat siyosatchiga hatto uning tan soqchilari ham yeta olmay qolgan. Yana bir erkak kishi voqea sodir boʻlgan joyga yetib kelib, kanoeni toʻgʻrilashga uringan, gidrotsiklda yetib kelgan yana bir kishi unga yordam bera boshlagan.
Ular birgalikda kanoeni gidrotsikl yordamida shatakka olib qirgʻoqqa yetkazgan. Ayollarga yordam bergan Rebelo de Souza jurnalistlarga jabrlanganlarni oqim boshqa plyajdan oqizib kelganini, keyin esa kanoe agʻdarilib ketgani oqibatida ular suv yutib qolganini, natijada qirgʻoqqa mustaqil yetib bora olmaganini tushuntirib berdi deb xabar beradi VVS.
Hozirgi vaqtda de Souze, taʼtilda boʻla turib, mamlakatning har xil hududlarida dam olyapti. Bu esa sayyohlikning rivojlanishiga imkon tugʻdiradi ekan. Oʻz plyajlarida cheklovni bekor qilgan Portugaliya chet ellik sayyohlarning sevimli joyi boʻlib qolgan. Pandemiyagacha boʻlgan davrda u yerga Britaniyaliklarning oʻzidan uch million kishi dam olishga kelgan. Har yili yozda Algarvaga eng koʻp keladigan sayyohlarni britaniyaliklar tashkil etadi ekan. Portugaliya Prezidenti ishtirokida qutqarilgan ayollarning millati maʼlum qilinmagan. Foto: twitter.com