Bu haqda Raqobat qoʻmitasi maʼlum qildi.
“Raqobat toʻgʻrisidagi” qonunning 18-moddasiga muvofiq ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari, shu jumladan, quyidagi harakatlari taqiqlanadi:
- tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga va (yoki) isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda qisqartirish;
- isteʼmolchilarning zarur hajmdagi tovarni va lozim darajadagi sifatli tovarni olishga boʻlgan huquqlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyish;
- shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish;
- tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu jumladan tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish;
- shartnoma tuzishga faqat kontragent tomonidan boshqa tovarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarni oʻzga xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan oʻzini tiyishi sharti bilan rozilik berish;
- tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati boʻla turib, shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etish;
- tovar yoki moliya bozoriga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishi uchun toʻsiqlar yaratish;
- narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qoʻllaniladigan tovarlar uchun belgilangan narxdan ortiq haq olish yoki narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibini buzish, shuningdek koʻrsatilmagan xizmatlar yoki bepul koʻrsatilishi kerak boʻlgan xizmatlar uchun haq olish;
- boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni olishni yoki realizatsiya qilishni taqiqlash yoxud cheklash.
Ma’lumot uchun, bir qancha muddat oldin Yuz.uz saytida pullik to‘xtab turish joylari bo‘yicha tanqidiy maqola e’lon qilgan edi.