Bu haqda Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Gap shundaki, joriy yil 11-oktyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Davron Hidoyatov viloyat Kengashining “Xalqaro tajribani keng qoʻllash bilan Toshkent viloyatida jamoat transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga imzo chekdi.

Qarorda qayd etilishicha, loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Uning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun viloyat byudjetining orttirib bajarilgan qismidan 6,9 milliard soʻm ajratish rejalashtirilgan.