Poytaxtimizdagi “Ekopark” dam olish maskanida “Laser Run-2023” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

    Yugurish va lazerli to‘pponchadan otish dasturlarini o‘z ichiga olgan musobaqada har ikki yo‘nalishdagi masofalar sportchilarning yosh toifalariga qarab belgilandi.

    Musobaqada Toshkent shahar va Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 500 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Qayd etish joiz, barcha ishtirokchilarga tadbir yakunida sertifikat topshirildi va ularning natijasi “Laser Run-2023” xalqaro platformasiga joylashtiriladi.

    Ma’lumot uchun, bu kabi turnirlarni tashkil etish huquqi Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi tomonidan beriladi. Bu yil mamlakatimizga ushbu tasnifdagi musobaqani o‘tkazish uchun 3 ta kvota berilgan bo‘lib, ular Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida tashkil qilinadi.