Ularning aksariyati yuqori koʻrsatkichlarga erishib, bir necha oliy oʻquv yurtidan taklif olishdi.
Oʻquvchilarga jami 3 351 556 dollarlik grant takliflari berildi. Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida joylashgan Prezident maktablarining 49 nafar oʻquvchisi bu takliflarni AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi taʼlim borasida yetakchi davlatlar oliy taʼlim muassasalaridan olishgan.