Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufida 16 maktab taʼlim jarayonini olib bormoqda. Ulardan 4 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod maktabi, 3 tasi ixtisoslashtirilgan maktab.
Joriy oʻquv yilidan yana 10 ta yangi Prezident maktabi Buxoro, Fargʻona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termez, Nurafshon shaharlarida ochilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Maʼlumot uchun: hozirga qadar Toshkent shahri, Namangan, Xiva va Nukus shaharlarida Prezident maktablari faoliyat koʻrsatayotgan edi.
Bu yil Prezident maktablariga qabul jarayoni 5-iyundan 25-iyunga qadar, yaʼni roʻyxatdan oʻtish jarayoni boʻladi. Kirish imtihonlari 2 bosqchidan iborat boʻlib, birinchi saralash bosqichi 20-25-iyulda, ikkinchi yakuniy imtihonlar 20-23-avgustda boʻlib oʻtadi.
Oʻtgan oʻquv yilida pandemiya sabab kirish imtihonlari boʻlmadi. Joriy yilda 10 ta hududda 5 sinfdan 9 sinfgacha, qolgan 4 ta maktabda 5-6 sinflar uchun qabul boʻladi.
Bu yil hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Talabgor platforma orqali ota-onasi yordamida hujjatlarni toʻldirishi kerak boʻladi.