Shu vaqt ichida 2 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlab, 2010-2016 yillarga qaraganda 4 barobar o'sgan.

Shu bilan birga, G'ijduvonga investitsiya kiritish, sanoatda yuqori daromadli ish o'rinlari yaratishdagi eng katta muammo, bu – elektr ta'minoti va temir yo'l infratuzilmasi.

G'ijduvon iqtisodiy zonasida bu masalalar hal qilinsa, tadbirkorlar 340 million dollarlik 100 ta loyihani boshlab, 10 ming aholini ishli qilmoqchi.

Mutasaddilarga “Navoiy-Xorazm” yo'nalishida qurilishi yakunlanmagan shoxobcha temir yo'lini G'ijduvongacha olib kelish topshirildi.