Qayd etilishicha, mazkur jamgʻarma yosh tadbirkorlik subyektlarining Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida amalga oshiriladigan va boshqa innovatsion, startap hamda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish, xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalarini moliyalashtirishni koʻzda tutadi.
Hujjat loyihasiga koʻra, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida eng koʻpi bilan 500 kv. m.gacha boʻlgan yer maydonlari, istisno tariqasida, elektron auksion savdosi oʻtkazmasdan, shahar va tuman hokimlari tomonidan ajratiladi.
Shuningdek, boʻsh bino-inshootlar (davlat koʻchmas mulki obyektlari) shartnoma asosida ijara toʻlovlari har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadigan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan oshmagan miqdorida ijaraga beriladi.
Hududlarda tashkil qilinadigan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining manzillarini yuqoridagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin.