16-17-sentyabr kunlari Dushanbeda SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi. Tashkilot oʻzining 20 yilligini nishonlaydi.

Sammitning birinchi kuni, 16-sentyabrda Davlatimiz rahbari tashkilotga raislik qilayotgan Tojikiston Prezidenti, Rossiya Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri bilan, 17-sentyabr kuni Eron Prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

17-sentyabr kuni esa davlat rahbarlarining yigʻilishi oʻtkaziladi. Yigʻilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan Oʻzbekistonga oʻtadi.

Yangi formatdagi “Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti” uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda tomonlar Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qiladilar.

Hafta davomida Prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid taqdimotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda maʼlum qildi.