Prezident videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi

    Mamlakatimizda 20 Sentabr 2021 1004

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylovoldi kampaniyasi faol pallaga kirayotgani munosabati bilan Prezident matbuot kotibi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan haftalik brifinglar vaqtincha toʻxtatib turiladi. Bu haqda  Prezident matbuot kotibi xabar berdi. 

    Davlatimiz rahbari ishtirokidagi joriy haftaga rejalashtirilgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot ushbu kanalda va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimda berib boriladi.

    Xususan, bugun Prezident huzurida qator obyektlar qurilishiga bagʻishlangan taqdimot boʻlib oʻtadi. Yangi onkologiya markazi, Milliy kutubxona va “Yangi Oʻzbekiston” universiteti binolari loyihalari shular jumlasidan.

    Ertaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi va sessiyaning birinchi kunidayoq yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda nutq soʻzlaydi.