Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov Jizzax shahridagi O‘rda ekologik bog‘ida bo‘lib, "yashil hudud"ni kengaytirish taklifini berdi

    Saylov 8 Oktabr 2021 1580

    O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov shahar markazidagi O‘rda ekologik bog‘ida bo‘ldi.

    Umumiy maydoni 37 gektar maydonga teng mazkur bog‘ 2017 yilda qaytadan rekonstruksiya qilinib, jizzaxliklar uchun sof ekologik bog‘ yaratildi. Ayni paytgacha bu maskanda dam oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Turli attraksion o‘yinlar, 4.5 mingdan ziyod 10 xil turdagi manzarali daraxt va ko‘chatlari dam oluvchilar uchun sof ekologik muhit yaratildi.

    Muhimi shundaki, “Afsonalar vodiysi” bog‘i so‘lim va xushmanzara bo‘lib shahar mikroiqlimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

    Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov bog‘da amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, u yerda mehnat qilayotgan obodonlashtirish ishchi xizmatchilari bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularga yaratilib berilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, nomzod yashil hududga o‘z xissasini qo‘shish maqsadida manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.

    Shundan so‘ng "Bonu shirinliklari" mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, u yerdagi ish jarayoni, iqtisodiy imkoniyati bilan tanishdi.