- 127 mingdan ziyod aholi ishsiz boʻlib, har yili mehnat bozoriga qoʻshimcha 42 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 27 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas.

- Mingbuloq, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Pop va Chustda ichimlik suvi taʼminoti darajasi juda past, 27 ta mahalla esa markazlashgan ichimlik suvi bilan umuman taʼminlamagan.

- viloyatda uy-joyga ehtiyoj katta. Birgina Namangan shahrida kelgusi besh yilda aholi 1 million nafarga yetishi hisobiga, qoʻshimcha 52 mingta uy-joyga ehtiyoj mavjud.

- qishloq va suv xoʻjaligida Kosonsoy, Pop, Chust, Yangiqoʻrgʻonda suvsizlik sababli 19 ming gektar qishloq xoʻjaligi yerlari ishlatilmayapti.

- sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimlarida ham, hali yechimini kutayotgan koʻplab masalalar mavjud. Viloyatda 709 ming nafar yoki 25 foiz aholining surunkali kasalligi bor.