Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻrganildi. Natijada J.Sh. atrof-muhitni ifloslantirib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bogʻliq huquqbuzarlikni qasddan, jamoaviy sodir etgani maʼlum boʻldi.
Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
Taʼkidlash joizki, J.Sh. tomonidan bunday huquqbuzarlik avval ham sodir etilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda va qatʼiy choralar koʻriladi. Shuningdek, huquqbuzarning hamrohlari shaxsiga aniqlik kiritilmoqda va ularga ham qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi.
Taʼkidlash joizki, 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyot yili» deb eʼlon qilingan. Bu esa atrof-muhitni muhofaza qilish eng muhim masalalardan biri ekanligini anglatadi. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qatʼiy javobgarlikka sabab boʻladi.