Bu boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova oʻz munosabatini bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu videolavha Bosh prokuraturaga yuborilgan va holat hozirda oʻrganilmoqda.
"Vaziyat yuzasidan Bosh Prokuratura rahbariyati bilan gaplashdim, holat ayni damda nazoratga olingan va oʻrganilmoqda. Prezidentimizning tegishli Qarorlariga asosan pedagog xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilish qatʼiyan taqiqlanganini eslatib oʻtaman.
Oʻqituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois barchadan jumladan, mutasaddi rahbarlarimizdan bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan olib borilayotgan oʻqituvchilarni ulugʻlash va jamiyatda eng obroʻli inson qilish Davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlab, bu borada, eng avvalo, oʻzimiz oʻrnak koʻrsatishimizni soʻrab qolaman", deyiladi bayonotda.