— Pul`monologik kasalliklar avloddan avlodga o'tishi ham mumkinmi?
— Hamma pul`monologik kasalliklar ham nasldan naslga o'tmaydi, nasl suradigan kasalliklar guruhiga mukovictsidoz, bronxial astma va boshqa allergik kasaklliklar kiradi.
Masalan, oilada ota yoki ona bronxial astma bilan kasallangan bo'lsa, bolaning kasallanish ehtimoli 20-30 foizni tashkil qilishi mumkin. Agar har ikkalasi (ota va ona) kasallangan bo'lsa, bolaning kasallanish ehtimoli 75 foiz etish ehtimoli bor. Bu holat onaning homiladolik davrida kechadigan bo'lsa bu xavf yana ham ortishini taxmin qilish mumkin. Respirator infektsion kasalliklar nasldan naslga o'tmaydi.
Ular kelib chiqishiga ko'ra, organizm immun sistemasi faoliyatining sustligi, mikroorganizmlarning miqdori va uning virulentligi(mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'atishi) yuqori bo'lishiga bog'liq.
— O'zbekistonda nafas a'zolari kasalliklari sabab ro'y beradigan o'lim ko'rsatkichlari ancha yuqori. Bu jihatdan yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan keyingi o'rinlarda tursa ham, yurtimizda pul`monologlar kardiologiya mutaxsassislaridan kam. Bugungi pandemiya sharoitida bu mutaxassislar tanqisligi sezilmayaptimi?
— Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, nafas a'zolari kasalliklarida ruy beradigan o'lim ko'rsatkichi 2008 yilda 6,6 foizni tashkil qilib, uchinchi o'rinni egallagan, birinchi o'rinda yurak-kon tomir kasalliklari (59,3 foiz) va ikkinchi o'rinda o'sma kasalliklari(7,1 foiz)ni ko'rsatmoqda.
Bolalarda esa nafas a'zolari kasaliklari tufayli ruy bergan o'lim ko'rsatkichlari 2008 yilda bolalarda kuzatilgan o'lim holatlarining 35 foizini tashkil qilgan.
2017-2019 yillarda nafas a'zolari kasalliklar sabab ro'y beradigan o'lim ko'rsatkichi kamayib, xavfli xastaliklar orasida beshinchi o'rinni egalladi. Bolalar orasida bu ko'rsatkich ikki baravar kamayib, 16-16,6 foizni tashkil qildi. Bu, albatta, O'zbekistonda pul`monologiya sohasining rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Zamonaviy diagnostik va davolash usullari yurtimizning barcha xududlarida tatbik etilgani bunga sabab bo'lmoqda deb ayta olamiz. Markazimiz xodimlari tomonidan doimiy yangi davolash va diagnostika standartlari va protokollari ishlab chiqiladi va uning bajarilishi doimiy monitoring qilib boriladi. Bu xam o'z o'rnida sohani rivojlanishiga olib kelishi turgan gap.
Pandemiya sharoitida nafaqat pul`monologlarning, balki boshqa ixtisoslikdagi mutaxassislarning ham tanqisligi kuzatildi, lekin bunday holatlar imkon qadar o'z vaqtida bartaraf etib borilmoqda.
— Hozirda nafas olish tizimida surunkali kasalliklari bor bemorlar uchun koronavirus eng katta xavfdir. Ular o'zini virus xavfidan himoya qilish uchun nima qilishlari kerak?
— Koronavirus infektsiyasining spetsifik profilaktikasi ishlab chiqish bosqichida. Bu vaktsinatsiya jarayoni bo'lib, kasallikni oldini olish uchun preparat yaratish demakdir.
Nospetsifik profilaktika esa o'zi-o'zini yakkalash tartibi, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, tibbiy niqoblardan to'g'ri va muntazam foydalanish, xonalarni tez-tez shamollatish, vitamin va oqsillarga boy ovqatlanish va dam olishni to'g'ri tashkil qilish, shuningdek, surunkali kasalliklari bor insonlar shifokorlar nazoratida doimiy davolanishni davom ettirishlari kerak bo'ladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.