Taʼkidlash joizki, 2022-2023 oʻquv yilida tibbiyot oliy taʼlim muassasalari qabul kvotalarining 3 034 tasi davlat granti asosida ajratilgan boʻlsa, shundan 1 392 tasi sogʻliqni saqlash sohasida oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun maqsadli qabul oʻrinlaridir.
Bundan tashqari, kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-kizlar uchun ajratilgan toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari boʻyicha jami barcha OTMlar uchun 500 ta kvota ajratilgan boʻlib, ular orasida 11 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasasi ham bor.
Yuqoridagi jadvalda tibbiyot OTMlarida xotin-qizlar uchun ajratilgan kvotalar aks etgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.









