Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar va tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “U.Q.» MCHJ hamda “Kh.a.» xususiy korxonasiga qarashli savdo shoxobchalarida jami 728 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Yangibozor va Urganch tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “O.X.” MCHJ hamda “M.A.” oilaviy korxonasiga qarashli savdo shoxobchalarida jami 273 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.D.» MCHJga qarashli savdo doʻkonida tegishli hujjatlari boʻlmagan jami 147 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.