Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.X. oʻzi yashab kelayotgan koʻp qavatli uyning 1-yoʻlagidagi qoʻshimcha xonada yashirin sex tashkil qilib, “Bekot Amino” va “Monasil NEO” nomli dori vositalarining muvofiqlik sertifikatini qalbakilashtirib, goʻyoki ushbu dori vositalari “R.M.” qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilganligi toʻgʻrisida poligrafiya yozuvlarini yopishtirib qalbakilashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan jami 5 mingdan ziyod dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.