Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Gʻ.sh.” MCHJ rahbari F.U. Bulungʻur tumanida joylashgan ushbu MCHJga qarashli savdo doʻkonida kirim hujjatlari mavjud boʻlmagan 9 turdagi jami 953 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.