2024-yil 21-mart kuni A-373 “Toshkent – Oʻsh” avtoyoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik va tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 18 – 23 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

2024-yil 21-27-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

- Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);

- Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.