“Qamchiq” dovonidan fuqarolarni olib oʻtish uchun maxsus poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

    Transport 9 Fevral 2023 1327

    Bugun soat 18:00 da Ohangaron, Angren, Orzu temir yoʻl bekati va vokzallaridan Pop vokzaligacha yoʻlovchi poyezdda evakuatsiya qilindi.

    “Qamchiq” dovonida qor koʻchkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli, 9-fevral kuni soat 13:30 dan A-373 Xalqaro avtomobil yoʻli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

    Shu sababli fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish shtabi tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamkorligida fuqarolarga 902-sonli “Angren – Orzu – Pop” yoʻnalishida maxsus poyezd reysi tashkil etildi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, bugun soat 18:00 da Ohangaron, Angren, Orzu temir yoʻl bekati va vokzallaridan Pop vokzaligacha yoʻlovchi poyezdda evakuatsiya qilindi.

    Shuningdek, 901-sonli “Pop – Angren” yoʻnalishida ham fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.