U COVID-19 kasalligi avj olgan paytda ratsiondan qanday mahsulotlarni chiqarish tashlash lozimligi haqida gapirdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari immunitet holatiga ta'sir ko'rsatadi. Xususan, organizmning virusdan tabiiy himoyasini ta'minlash uchun menyudan shirinliklarni olib tashlash yoki kamaytirish kerakligini qayd etdi.
“Shirinliklarni ratsiondan chiqargan ma'qul. Konfet, pechenye, pryanik va shirin gazli suvni ko'p miqdorda, deylik kuniga uch va undan ko'p mahal iste'mol qilish immunitetga zarar yetkazadi. Tarkibida shakar miqdori ko'p bo'lgan mahsulot me'yordan ortiq iste'mol qilinganidan ikki-uch soat o'tib immun hujayralari faolligi sustlashadi. Shu tariqa odamlarda virus infektsiyalariga nisbatan qarshiligi pasayadi. Uglevod almashinuvi buzilgan odamlarda qandli diabet rivojlanib, ularning infektsion kasalliklarga moyilligi oshdi”, deydi Yelena Ignatikova.
Shifokor spirtli ichimliklar iste'mol qilish ham immun hujayralari faolligini pasaytirishini ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.