Qandli diabetga chalinganlar asal iste'mol qilishi mumkinmi?

    Qandli diabet – endokrinologik kasallik bo'lib, u tana hujayralari tomonidan insulinning so'rilishida muammolar fonida rivojlanadi.

    Agar tibbiy tavsiyalarga rioya qilinmasa, kasallik og'ir kechadi. Mazkur kasallik aniqlangandan so'ng qo'yiladigan birinchi talab parhezga qattiq rioya qilib, hamma shirinliklarni ratsiondan chiqarib tashlashdir. Ko'pincha savol tug'iladi: diabet kasalligiga chalinganda asal iste'mol qilish mumkinmi? Bu haqda aif.ru saytiga “Medinsentr” klinik-diagnostika markazi (Rossiya) endokrinologi Yelena Gubkina ma'lum qildi.

    Tabiiy asal inkor etilmaydigan foydali mahsulotidir. U turli xil ozuqaviy moddalarga, jumladan, B vitaminlari, temir, yod, kalsiy, magniy, fosfor, kaliyga boy.

    Shu bilan birga, uni uglevod ekanligini unutmaslik kerak, bu endokrinologik kasalligi bor odamlar uni iste'mol qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashishi lozimligini anglatadi. Diabet bilan kasallanganlar asal iste'mol qilishi mumkin, lekin me'yorga rioya qilgan holda. Shunday qilib, uning miqdori kuniga bir choy qoshiq bilan cheklanishi kerak va undan ko'p bo'lmasligi lozim. Bu uning qondagi glyukoza darajasini oshirishi mumkinligi bilan bog'liq. Shu bilan birga, bu jarayon odatiy shakarga qaraganda sekinroq yuzaga keladi.