Natijada ularning ishchi xotirasi va turli vazifalarni bajarish qobiliyati yaxshilashilangani aniqladi.
α-klotho oqsili tabiiy ravishda miya, jigar va buyraklarda ishlab chiqariladigan fermentdir. Yosh o'tgani sari uning ishlab chiqarilishi kamayadi, oqsilning ko'payishi esa umr ko'rish davomiyligini oshiradi va genetik jihatdan o'zgartirilgan hayvonlarda fermentning yo'qligi tez qarishga olib keladi.
Tajriba 18 ta maymun ustida olib borildi. Mazkur oqsil maymunlarda ishchi xotirani yaxshilagani aniqlandi.
Tadqiqotchilarning xulosasiga ko'ra, α-klotho oqsili bilan past doza asosida tizimli davolash keksayib qolgan odamlar uchun qarishga qarshi terapiya sifatida baholanishi mumkin. Biroq uning samarali ekanini yuzasidan xulosa chiqarish uchun hali ko'plab tadqiqotlar o'tkazish talab etiladi, deb xabar beradi lenta.ru.