Tashrif davomida oliy taʼlim muassasasidagi taʼlim sifati, ilmiy salohiyat va bugungi kunda masofaviy olib borilayotgan oʻquv jarayoni bilan tanishildi.
Oʻrganuv jarayonida yutuqlar va tajribalarni keng ommalashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur tavsiya va takliflar berildi.
Shundan soʻng ishchi guruh aʼzolari Qarshi davlat universitetining Pedagogika institutida tashkil etilgan axborot-resurs markazi, IT park, oʻquv binolari, yaqinda kapital taʼmirlangan 160 oʻrinli talabalar turarjoyi hamda 2022-2023 oʻquv yilida bunyod etilishi kutilayotgan 300 oʻrinli zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan axborot-resurs markazi loyihasi bilan tanishdi.