Boeing 757-200 havo kemasi ushbu parvozni fuqarolarimizni vatanga qaytarish dasturi asosida amalga oshirdi. Kecha tungi soat 23:50da qabul ыilingan mazkur charter reys Moskva shahrining Vnukovo aeroportidan 234 nafar fuqarolarimizni olib kelishda xizmat qildi.
Maʼlumot oʻrnida: “Azur air” aviakompaniyasi 2014-yil dekabr oyida tashkil topgan boʻlib Rossiya Federatsiyasining eng yirik charter aviakompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Maxsus komissiya qaroriga muvofiq yurtimizga qizil va sariq hududlardan kirib kelayotgan fuqarolarimizdan koronavirus infeksiyasi tarqalishini olish maqsadida uy yoki mehmonxonalarda 14 kun oʻzini-oʻzi yakkalanishi talab etildi va oʻz manzillariga kuzatildi, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati.