Viloyat hokimligi hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tomonidan Chiroqchi va Qamashi tumanidagi yangi tashkil etilayotgan intensiv bogʻ va tokzorlarning loyihalari tahlil qilindi.
Tahlil natijalari asosida Chiroqchi tumanida tashkil etilayotgan 1 200 gektar intensiv bogʻ va tokzorlar uchun 8 987 mln.soʻm hamda Qamashi tumanida tashkil etilayotgan 520 gektar intensiv bogʻ va tokzorlar uchun 4 843 mln.soʻm, jami 13 830 mln.soʻm subsidiyalar ajratilishi rejalashtirildi. Ushbu tomchilatib sugʻorish boʻyicha beriladigan subsidiyalar 11 ta kooperatsiya va yuridik tashkilotlarga ajratilishi belgilab olindi.
Xabarda intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil etishni rejalashtirgan tadbirkorlar, albatta ushbu subsidiyalardan foydalanishi mumkinligi taʼkidlandi.