Uzum tarkibida B guruhidagi barcha vitaminlar, Е, А, РР, К, С va Д vitaminlari ham yetarlicha saqlanadi. Bundan tashqari, uzumda temir, mis, kaliy, kaltsiy, magniy, rux, bor, vanadiy, alyuminiy molibden, pektin, selen, titan, kobalt, radiy anion, xlor, kremniy va oltingugurt kabi moddalar ham bor.

Uzum tozalovchi vosita sifatida inson organizmiga tushgan har qanday infeksiyani haydab chiqarish xususiyatiga ega. Undagi antiseptik xususiyat insonni zaharlanishdan saqlaydi.

Uzumning dunyo tabiblari tomonidan tan olinishiga sabab uning balgʼam koʼchiruvchi, terlatuvchi, zahar va infeksiyalarni tozalovchi, bakteriyalarni oʼldiruvchi, organizmdagi toshni maydalovchi va qonni toʼxtatuvchi xususiyatga egaligidir.

Mamlakatimizda uzum yetishtirish yaxshi yoʼlga qoʼyilgan. Shuningdek, yurtimizda yetishtirilayotgan uzum navlari jahon bozorida ham xaridorgir.

Davlat statistika qoʼmitasi joriy yilning 11 oyi davomida hududlar kesimida xorijga qancha uzum ekspert qilinganini maʼlum qildi. Unga koʼra:

Fargʼona viloyati – 88,4 ming tonna.

Samarqand viloyati – 36,6 ming tonna.

Surxondaryo viloyati – 28,7 ming tonna.

Toshkent viloyati – 25 ming tonna.

Xorazm viloyati – 20,3 ming tonna.  

Namangan viloyati – 11,4 ming tonna. 

Qashqadaryo viloyati – 9,3 ming tonna. 

Аndijon viloyati – 7,5 ming tonna.

Toshkent shahri – 6,7 ming tonna.

Navoiy viloyati – 3,6 ming tonna. 

Buxoro viloyati – 2,8 ming tonna.

Qoraqalpogʼiston R. – 1,3 ming tonna. 

Sirdaryo viloyati – 1,1 ming tonna.

Jizzax viloyati – 1,1 ming tonna.