"2020-yil 22-iyun holatiga ko‘ra, respublikada COVID-19 ga chalingan 205 ta yangi holat aniqlandi, ulardan 82 tasi Bishkekda qayd etildi", dedi bosh shtab vakili. Bu Qirg‘izistonda pandemiya boshlangan kundan beri aniqlangan eng ko‘p natijadir.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bir kun oldin COVID-19 bilan kasallangan uch nafar bemor vafot etgan. Qirg‘iz-turk kasalxonasida 1952-yilda tug‘ilgan ayol, Talas viloyat kasalxonasida 1952-yilda erkak va Novken hududiy kasalxonasida esa 1960-yilda tug‘ilgan ayol hayotdan ko‘z yumdi. 10 nafar bemor esa tuzalib, shifoxonalardan chiqarilgan.
Taэkidlanganidek, yangi holatlar orasida kasallik yuqtirgan 26 nafar tibbiyot xodimi ham bor. Umuman, mamlakatda pandemiya davrida 582 nafar tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangan.
Bugungi kunga qadar Qirg‘izistonda kasallik yuqtirganlarning umumiy soni 3356 kishiga etdi. 40 kishi vafot etdi. 2021 bemor tuzalib, shifoxonalardan chiqarildi.