Qishloq oilaviy poliklinikasini taʼmirlashdagi talon-torojlik fosh etildi

    Hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 392,9 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.Q.» MCHJ sobiq rahbari M.A. birlashmaga qarashli qishloq oilaviy poliklinikalarini joriy taʼmirlashda, hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 392,9 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.