Bu boʻyicha Prezidentning “Qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–153-son, 04.09.2025-y.)da belgilangan.
Shuningdek:
- Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanib, rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinadi.
- Roʻyxatga kiritilgan mahsulotlar uchun xarid qilingan tovarlar yoki xizmatlar boʻyicha toʻlangan QQS summasi 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tarzda qaytariladi.
- Soliq qoʻmitasi elektron hisobvaraq-fakturalarni real vaqt rejimida xavf darajasiga qarab tahlil qilish tizimini joriy qiladi.
- Yuqori xavfli hisobvaraq-fakturalar ulushi 10% dan oshmasligi va QQS summasi faqat toʻliq toʻlangandan keyin hisobga olinishi belgilandi.
- Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Space Gov Monitoring platformasi orqali qishloq xoʻjaligi yerlaridagi ekin maydonlari boʻyicha maʼlumotlarni muntazam yetkazib boradi.