Farmon bilan Oʻzbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanishni taʼminlashning 2030-yilgacha moʻljallangan strategiyasi tasdiqlandi.
Oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash hamda aholining barcha qatlamlari sogʻlom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
2025-yil yakunigacha oziq-ovqat xavfsizligi va isteʼmoli sohasida salohiyatni barqaror rivojlantirish, xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoringini yuritish hamda xavf-xatarlar toʻgʻrisida erta xabardor qilishni tashkil etish maqsadida yaxlit idoralararo Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.
2025-yil 1-martgacha qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning bozordagi narx-navolari toʻgʻrisidagi doimiy, ishonchli va aniq maʼlumotlar bilan taʼminlaydigan “Elektron agrosanoat bozori” axborot tizimi ishga tushiriladi va Milliy axborot platformasi bilan integratsiyasi qilinadi.