Loyiha Orolboʻyi hududini barqaror transchegaraviy ekologik hamda iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga erishishda Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlariga koʻmak koʻrsatishga qaratilgan.
"Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatining agrar sektorida ishlayotgan qishloq aholisi Orol fojiasi oqibatlaridan juda aziyat chekmoqda, - taʼkidladi vazir Jamshid Xodjayev. - Shu bois Orolboʻyi hududida ekologik yoʻnaltirilgan mintaqaviy rivojlanish biz uchun juda muhimdir.
Yangi loyihaning konsepsiyasi “2030-yilgacha qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasi”ning “Aholining oziq-ovqat xavfsizligi” hamda “Qishloq joylarni rivojlantirish” singari asosiy ustuvor yoʻnalishlariga mos keladi, shuningdek BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini ham aks ettiradi. Yangi loyihaning asosiy tarkibiy qismlari: konsalting xizmatlarini koʻrsatish, raqamlashtirish, geoaxborot tizimi, masofaviy zondlash, transchegaraviy hamkorlik va boshqalar. Shu qatorda biz qozogʻistonliq qoʻshnilarimiz bilan maʼlumot almashish uchun ochiqmiz. Ishonchim komilki, ushbu loyiha va bizning oʻz rivojlanish rejalarimiz barchamizga kuchli sinergik samara va natijalarga erishishga imkon beradi".
Byudjeti 8 million yevroni tashkil qiluvchi toʻrt yillik mazkur loyiha ekologik va ijtimoiy jihatlarga salbiy taʼsirlarni minimallashtirishni hisobga olgan holda iqtisodiy rivojlanishga kompleks yondashuv asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligining Media-axborot markazi