Qoraqalpogʻiston ichki ishlar vaziri Baxtiyar Torebekovning maʼlum qilishicha, tekshiruvlar tavomida qidiruvda yurgan 132 nafar shaxs topilib, ushlangan va tergov boʻlimlariga topshirilgan.
Bundan tashqari, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar oʻz ixtiyori bilan 344 ov quroli, 170 oʻq-dorilarni ichki ishlar organlariga topshirgan. 12 nafar bedarak yoʻqolgan shaxs aniqlanib, ular oʻz uylariga qaytarilgan.
Oʻz navbatida, 57 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.