Turkiyada yashirinib yurgan oʻzbekistonlik qidirilmoqda

    Fuqarolarning koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini gʻayriqonuniy yoʻllar bilan oʻzlashtirishda ayblanib, bugungi kunda Turkiya hududida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan quyidagi shaxs qidirilmoqda.

    Fazlitdin Atabayev Faxritdinovich 1986-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan.

    "Ushbu shaxs toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlgan vatandoshlarimizdan Bosh konsulxonaga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berish soʻraladi.

    Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi", - deyiladi xabarda.