Suriyadagi terrorchilar safiga qoʻshilgan oʻzbekistonlik erkak qidiruvga berildi

    Toshkent shahar IIBB Suriyadagi terrorchilar safiga qoʻshilgan yana bir erkak qidiruvga berilganini eʼlon qildi.

    U 1978-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan Aziz Toshkentboyev boʻlib, laqabi “Iso chavandoz”. Aziz Toshkentboyev 2012-yilda ishlash uchun Turkiyaga ketgan. Oqibatda 9-yillik oilaviy hayotidan soʻng, ayoli bilan ajrashgan.

    Bu vaqtga kelib xalqaro terroristik tashkilotlar vakillari Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning ekstremistik gʻoyalari taʼsiriga tushib boʻlgan edi. 2014-yilda u diniy aqidaparastlik gʻoyalari taʼsirida Suriyaga oʻtib, terrorchi guruhlar safida janglarda ishtirok etadi.

    Hozirda Aziz Toshkentboyevga nisbatan poytaxt IIBB tomonidan rasmiy qidiruv eʼlon qilingan.